HUQUQIY DAVLATNING-MUSTAHKAM POYDEVORI

407

Bu yil Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga yigirma yetti yil to’ldi. O’tgan davr mobaynida asosiy qomusimizning mustaqil, demokratik davlatimiz yuksalishi yo’lida ahamiyati beqiyos, islohotlarimiz tub zamirida esa o’z o’rniga ega.
O’zbekiston Konstitutsiyasining e’tiborga molik jihati shundaki, u nafaqat demokratik va liberal normalarni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni o’zida mujassam etgan, balki milliy konstitutsiyalar tarixida noyob xususiyati bilan, aniqrog’i, demokratik jarayonda, loyihasi ikki marotaba umumxalq muhokamasiga qo’yilib qabul qilingani bilan ahamiyatlidir.
Har bir huquqiy demokratik davlatning muhim qonuni yani konstitutsiyasi bo‘lishi lozim.
Jumladan, 1992 yil 8-dekabrda mamlakatimizda ham umume’tirof etilgan qoidalar asosida va milliy an’analarimizga sodiq holda konstutusiyamizni qabul qildik. Ushbu konstutsiyamiz ijodkor xalqimizning hoxish irodasi va dono fikr mulohazalari asosida jahonda to‘plangan eng ilg‘or konstitut-siyaviy rivojlanish tajribasini, milliy davlatchiligimiz hususiyatlarini hisobga olgan holda mustahkamlangan.
Konstitutsiyamizdagi har bir bob har bir modda xalqimiz manfaatlarini to‘la to‘kis o‘zida ifoda etadi. Shunday ekan respublikamiz Konstitutsiyasi chinakam demokratik huquqiy davlatimizning mustahkam poydevoridur. Buni ishonch bilan ayta olamiz.

Leave A Reply

Your email address will not be published.